Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Farg‘ona davlat universitetida “Hindiston kunlari”

09:16, 04.11.2023      


Bugun Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi delegatsiyasi Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi. Elchixonaning ikkinchi kotibi janob Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya vakillari univerisitet rahbariyati tomonidan tantanali kutib olindi. Tashrif davomida delegatsiya rahbari S.Kumar tomonidan O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu boradagi o‘quv va ilmiy grantlar xususida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, o‘tgan yili FarDUda “India room” ochilganligi, hozirgi kunda esa ITEC dasturi doirasi universitetimizning 2 nafar o‘qituvchilari Hindiston oliygohlarida ilmiy stajirovka o‘tayotganliklari, bu borada, talabalar uchun maxsus grantlar ajratilganligiga doir yangiliklar e’lon qilindi.

Tadbirning badiiy qismida universitet talabalari tomonidan tayyorlangan turli chiqishlar mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Tadbir so‘nggida “Hindiston kunlari” doirasida universitetimizda tashkil etilgan turli ko‘rik tanlovlarning g‘oliblariga elchixona esdalik sovg‘alari va sertifikatlari topshirildi.

#SDG4