Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“Eng yaxshi darslik” respublika tanlovi

15:43, 09.11.2023      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bugungi kunda zamon talablariga mos darsliklarni chop etishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, tanlovda g‘olib deb topilgan 12 ta darslik mualliflariga Vazirlikning maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Quvonarlisi, "Ta'limda axborot texnologiyalari" fani bo'yicha Farg'ona davlat universiteti jamoasi a'zosi Gulbahor Yuldasheva g'oliblar safidan o'rin oldi!