Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi: muammo va navbatdagi vazifalar

16:15, 10.11.2023      



Respublikamizda oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish bugunningn dolzarb vazifalaridandir. Shu maqsadda Farg‘ona davlat universitetida “Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi: muammo va navbatdagi vazifalar” mavzusida ish beruvchi boshqarma va tashkilotlar, universitetni tamomlab hozirda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan sobiq bitiruvchilar hamda universitetning yetakchi olimlari ishtirokida Forum tashkil etildi. Forumda asosiy e’tibor uzluksiz ta’lim tizmini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishga qaratildi. Yuqori malakali, raqobatbardosh mutahassis kadrlar tayyorlash samaradorligi oshishi jamiyatda ularga bo‘lgan talab va ehtiyojni ko‘paytiradi. Sifatli ta’lim – sifatli kadr, yuqori darajali xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish Forumning asosiy vazifalaridandir.