"Talabalar oyligi" doirasida Fargʻona viloyati Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida "Munozara" intellektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Final bosqichiga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali mezbonlik qildi.
Intellektual oʻyinda dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
Viloyat oliygohlarining eng sara notiq talabalarini bir joyga jamlagan "Munozara" intellektual oʻyini yakuniy natijalarga koʻra, Fargʻona davlat universiteti 1-oʻrinni, Qoʻqon davlat pedagogika instituti 2-oʻrinni, Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabalari 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Intellektual oʻyin qiziqarli voqealarga boy boʻldi va barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bagʻishladi.
Gʻolib jamoalar 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan boʻlib oʻtadigan bayram tadbirida taqdirlanishadi.