Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasi, Ural pedagogika universitetining Umumjahon pedagogik kompetensiyalar texnoparki hududida "Rossiya - Osiyo : Fan - Ta'lim - Madaniyat" mavzusida xalqaro ilmiy amaliy (online) konferensiya bo'lib o'tmoqda.
Ahamiyatli jihati, mazkur anjumanda Farg'ona davlat universiteti delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Yuqori darajada bo'lib o'tayotgan ushbu xalqaro konferensiyada Rossiya federatsiyasi hukumati rasmiylari, mamlakatning Ta'lim vazirligi rahbariyati, elchi janoblari va bir qator bosh konsullar, ko'plab nufuzli oliygohlar rektorlari hamda xalqaro olimlar, professorlar ishtirok etmoqdalar.
Anjumanning tantanali ochilish qismi hamda qizg'in yalpi majlisda FarDU rektori, professor - Bahodirjon Shermuhammadovning kirish so'zi va “Rossiya - O‘zbekiston ta’lim loyihalari” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.