Ayni kunlarda Farg'ona davlat universitetining xalqaro hamkorlik rejasiga asosan Matematika-informatika fakultetida Qozog‘iston Respublikasi Y.A.Buketov nomidagi Karaganda DU Matematika va informatika fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi professori, pedogogika fanlari nomzodi Kazimova Dinara fakultetning 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalariga "Axborot tizimlari" fanidan mashg‘ulotlarini olib bormoqda.