Farg’ona davlat universistei Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 20.118R guruh talabasi Mukhammadrajab Umurzakov Nufuzli stipendiya Global Undergraduate Exchange Program, UGRAD da g’oliblikni qo’lga kiritdi, O'zbekistondan har yili ming nafar arizachilar orasidan tanlab olingan atigi olti nafar g’oliblarning biriga aylandi va bugungi kunda u Amerika Qo'shma Shtatlardagi Vayoming universitetiga tahsil olmoqda.
Umurzoqov ingliz tilini o'rganishiga qaramay, astronomiya va kosmik muhandislik sohasiga doimiy qiziqish bildirgan va bu sohada faol imkoniyatlarni izlagan. Uning orzusi NASAning Xyustondagi kosmik markaziga tashrif buyurganida AQShda amalga oshdi. U yerda u Xalqaro kosmik stansiyaning (International Space Station ISS) astronavt va zaxira ekipaj a’zosi bilan uchrashish, NASAda ma’ruza o‘qish va inshoatning bepoyonligini o‘rganish sharafiga muyassar bo‘ldi. 10 dan ortiq shtatlarni, jumladan Vashington, Oq uy va Kapitoliy binosi kabi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurgan Muhkammadrajab o‘z salohiyati va mahoratini ochib berishda davom etmoqda. Hozirda AQSHning Wyoming Universiteti oldi talabalridan bo’lin o’qib kelmoqda. Hamda u Amerikadagi til ishqibozlariga O’zbek tilidan darslar olib bormoqda.