Xalqaro hamkorlik doirasida Farg'ona davlat universiteti delegatsiyasining Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetiga tashrifi amalga oshirildi.
Ma'lumki, Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida joylashgan ushbu nufuzli oliygoh va FarDU o'rtasida ilmiy, amaliy hamda akademik hamkorlik aloqalari mustahkam rivojlanib bormoqda.
FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiyani samimiy qarshi olgan mazkur oliygoh rahbari Sharifzoda Mumin Mashokir - mehmonlarni o'zaro rasmiy muloqotga chorladi.
Qizg'in muloqot chog‘ida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan: professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy hamkorlik loyihalarini tashkil etish, universitet professor-o‘qituvchilari va izlanuvchilarini FarDU malaka oshirish kurslariga, oliy talimdan keyingi talim institutlariga jalb qilish,
qo‘shma talim dasturlarini asosiy yo‘nalishlarini aniqlash kabi muhim masalalar aniq va rejali belgilab olindi.
Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitet kampusi, o'quv jarayonlari, ta'lim texnologiyalari markazi, sport kompleksi hamda tarixiy muzey bilan yaqindan tanishdilar.
#SDG4