Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 351
  • Ko`rib chiqilganlar 317
    • Takliflar 50
    • Arizalar 264
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

"FarDU" chempion

10:53, 30.11.2023      


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4 dekabrdagi "O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda yoshlarni sportga keng ko‘lamda jalb etish, xususan, futbol sport turining ommaviyligini oshirish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Farg‘ona davlat universitetining "FarDU" klubi futbol bo‘yicha viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga musobaqalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan bugun Farg‘ona davlat universitetida chempion jamoani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Farg‘ona davlat universiteti rektori va klub prezidenti Bahodirjon Shermuhammadov, universitet prorektori Zokirjon Rahimov, Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Nosir Otaqo‘ziyev va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Marosim davomida so‘zga chiqqan rahbarlar "FarDU" futbol klubiga Birinchi ligaga o‘tish o‘yinlari davomida ham omad va muvafaqqiyat tiladilar.

#SDG#3

Yuklanyapti...