Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 348
  • Ko`rib chiqilganlar 314
    • Takliflar 50
    • Arizalar 263
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Xalqaro hamkorlik

23:44, 01.12.2023      


FarDUning 10 nafar professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli QS reytingi tizimida 322-o‘rinni egallagan Qozon federal universitetida malaka oshirish kurslaridagi ishtirokini yakunlab qaytdilar.

Kuni-kecha esa 11 nafarlik rahbar xodimlardan iborat navbatdagi guruh QFUda malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun Qozon shahriga yetib borib, mashg‘ulotlarni boshladilar.

Tinglovchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirishlari barobarida, kafedralarni o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, innovatsion sohalarda yanada rivojlantirish, FarDUning xalqaro raqobatbardoshlik darajasini kuchaytirish bo‘yicha zamonaviy tajribalarni o‘rganib qaytishlari va har bir tinglovchi o‘z yo‘nalishida kamida bittadan yangilikni universitetda amaliyotga tatbiq etishi zarurligi belgilangan.

Xorijiy malaka oshirish tinglovchilarning 2-guruhi 14-dekabrga qadar Qozon federal universitetida faoliyat olib boradilar.

Qayd etish lozimki, joriy yilda Qozon federal universitetida malaka oshirish uchun 17 nafar professor – o‘qituvchilardan iborat 3-guruh ham shakllantirilgan bo‘lib, ular 3-dekabrdan 2 hafta muddatga Yelabuga institutiga jo‘nab ketadilar.

#SDG#4

Yuklanyapti...