Insoniylikning eng qimmatli fazilatlaridan biri mehr – muruvvatdir. Jamiyatimizda yashayotgan har bir inson o‘z o‘erni va qadr – qiymatiga ega. Bag‘rikeng xalqimiz tomonidan imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga ko‘rsatilayotgan samimiy e’tibor, yordam ularda hayotga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, kelajakka dadil boqishlari uchun sabab bo‘ladi.
3-dekabr - Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kunidir!
Shu munosabat bilan Farg‘ona davlat universitetida ham bir qancha tadbirlar tashkil etildi. Magistratura bo‘limi tomonidan 1- sonli Talabalar turar joyida yashovchi magistrant qizlar holidan xabar olindi va ularga sovg‘alar ulashildi.
San'atshunoslik fakultetining musiqa ta'limi yo'nalishi talabalari "Alohida ta'limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 86-sonli maktab-internati"da bo'ldilar va o‘zlari tayyorlagan madaniy dasturlari hamda o‘yinchoq sovg'alari bilan bolajonlarga quvonch ulashdilar.
Matematika- informatika fakulteti talabalar-yoshlari "BIZ SEN BILAN BIRGAMIZ! " shiori ostida Farg'ona shahar bolalar shifoxonasida bo‘lib, bemor bolalar holidan xabar oldilar..
Pedagogika va psixologiya fakulteti tyutorlari va talabalari hamkorligida “Xalqaro nogironlar kuni” doirasida Farg‘ona shahar 21-sonli imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdilar
Bunday tadbirlar hozir ham davom etmoqda. Bolajonlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar- keng jamoatchilikni ham faollikka undamoqda.
#SDG#3