Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xalq artisti bilan ijodiy uchrashuv

10:26, 14.12.2023      

San’at jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib u bir vaqtning o‘zida ijtimoiy ishlab chiqqarishning maxsus sohasi, san’atshunoslikkka doir bilimlar majmuasi, ijodiy faoliyat ko‘rinishlariga ega. Oliy ta’lim muassasalaridagi San’atshunoslik fakultetlarida mehnat qilayotgan san’at fidoiylari mazkur sohaning turli jabhalarida faoliyat yuritib uning rivojlanishi, yangilanishi va jahonga tanilishida beqiyosn hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Farg‘ona davlat universitetining San’atshunoslik fakultetida ko‘p yillardan buyon talaba – yoshlarga san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan ustozlardan biri O‘zbekiston xalq artisti, Turon fanlar akademiyasi akademigi, xushovoz xonanda, taniqli sozanda, bastakor, professor Sultonali Mannopovdir. Ustoz mehnat faoliyati davomida o‘zbek milliy maqom san’atining o‘rganish va yosh avlodga yetkazish uchun samarali xizmat qilib kelmoqda. Kuni kecha oliygohda Sultonali Mannopov tavalludining 75 yilligiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirga musiqa san’atining yetuk ustalari taklif etildilar, ijodkorni muborak yosh bilan qutlab samimiy tilaklarini izhor etdilar. Milliy musiqa namunalari ustoz san'atkorlar va Yu.Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san’ati institutida tahsil olayotgan yosh iste'dodlar tomonidan ijro etildi. Uchrashuv yuqori saviyada tashkillandi. Bu kabi san’atshunos olimlar faoliyatini o‘rganish va qo‘llab quvvatlash mazkur sohaning rivojida ijobiy natijalarga olib keladi.