Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Ota - onalar forumi: Iqtidorli talabalarning ota - onalariga tashakkurnomalar berildi

10:55, 16.12.2023      

Iqtidorli va ilmga chanqoq talaba - yoshlarni moddiy va ma'naviy qõllab quvvatlash, uzluksiz davom etmoqda. Buning bir kõrinishi davlat stipendiyatlari misolida ham namoyon bõlmoqda.

Joriy yilda oliygohning nomdor stipendiyatlari soni 22 nafarga yetdi. Õtgan yili 18nafarni tashkil etgan bu kõrsatgich bu yilda sezilarli ortganini kõrish mumkin. Shu munosabat bilan kuni kechaFarg'ona davlat universitetida iqtidorli talabalarni raĝbatlantirish maqsadidaOta-onalar forumi tashkil etildi.

Ushbu tantanali ravishda bo'lib o'tgan forumga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov stipendiyasi va nomli davlat stipendiyasi,ichki nomdor stipendiyalarga sazovor bo'lgan talabalarning ota-onalari tashrif buyurdilar. Forum tantanavor, bayramona shukuh bilan yuqorikayfiyatda boshlandi va yuksak saviyada bõlib õtdi.

Unda dastlab bayram tadbiri bilan, talabalar ijrosidagi kuy va qõshiqlar guldastasi taqdim etildi.

Shundan sõng FarDUningstipendiant talaba-yoshlari munosib mukofotlandilar va bu barchaga kõtarinki ruhiyat baĝishladi.

Universitet miqyosida o'tkazilgan mazkurota-onalar forumiga taklif etilgan iqtidorli talabalarning ota-onalariga universitet rahbariyatitomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Bu bilan ota - onalar qalbiga farzandidan faxrlanish, ular yutuģidan quvonish va bugungi kunga shukronalik singari ezgu tuyĝular ulashildi.