Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

YOSHLAR MASALALARI VA MA'NAVIY - MA'RIFIY ISHLAR BO'YICHA AMALIY SEMINAR - TRENING

11:19, 18.12.2023      

Joriy yilning 16 dekabr kunidan boshlab FarDUning barcha fakultetlarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va navbatdagi vazifalar bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy seminarlar boshlandi.

Dastlabki seminar Iqtisodiyot va Agrar qo‘shma fakultetlarida o‘tkazildi. Amaliy seminarda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, tashabbuslar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari har bir taqdimot bo‘yicha savollar berib, o'z takliflarinibildirdilar.

Seminar yakunda Iqtisodiyot fakulteti tomonidan Teatr to‘garagi faoliyati va "Ma’naviyat va ma’rifat" xonasi tashkil etilishi borasida, shuningdek, Agrar qo‘shma fakultetida o‘tkazilayotgan yuqori saviyadagi tanlovlar va xotin-qizlar yo‘nalishidagi namunali ishlar e’tirof etildi.