Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Oliy ta’limda ochiq ma’ruzalar bo‘lib o‘tmoqda

14:23, 19.12.2023      

Oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli ma’ruza hisoblanadi. Universitet doirasida ochiq ma’ruzalarning o‘tkazilishi ta’lim sifatini yaxshilashda ijobiy natijalarga erishishning sinalgan usullaridandir. Farg‘ona davlat universitetidafakultetlardagi professor – o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ochiq ma’ruzalar davom etmoqda. Kuni kecha Tabiiy fanlar fakultetining 456-auditoriyasida (kunduzgi ta’lim) ekologiya yo‘nalishi , 23.60-guruh talabalari uchun Ekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi - Xolikulov Murodjon Robiljonovich tomonidan "Ekologiya asoslari" fani bo‘yicha "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar" mavzusida ochiq ma’ruza bo'lib o'tdi. Ma’ruzada mavzuga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar va tushunchalar talabalarga yetkazib berildi. Savol – javob va suhbat asosida ilmiy jihatdan yuksak saviyada tashkil etilgan mazkur ma’ruza jarayonida talabalar ham ishtirok etdilar.