Xalqimiz keksalarni hamisha e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Oramizda nuroniylarlar borligining o‘zi ulug‘ ne’mat bo‘lib, ularning pand-u nasihati yoshlarimiz uchun bebaho xazinadir. Ushbu jihatlar inobatga olingan holda kuni kecha Farg‘ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor. Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etyapti. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotga shukronalik nazari bilan qarashlariga sabab bo‘lmoqda. Mehmonlar ham davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab, erishilayotgan bu yutuqlar ko‘plab fidoiy insonlarning mashaqqatli mehnati samarasi ekanligi, ayniqsa, ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligi faxriylar tomonidan qayd etib oʻtildi.
Tadbir so’ngida el-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanishlarda kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylanayotgani to’g’risida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.