Xabaringiz bor, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qo'shma qarori bilan respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalari qatorida Farg'ona davlat davlat universitetida "Qalqon" jamoatchilik guruhi tashkil etilgan.
Bugungi kunda ushbu jamoatchilik guruhi o'z atrofiga 30 dan ortiq yoshlarni birlashtirdi. Ular universitet hududida, talabalar turar joylarida jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq, sanitariya va ekologiya, yong'in va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar (talabalar) tomonidan rioya qilinmagan holda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2023- yil 11- aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish hamda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda.
Guruh a’zolari universitet hamda talabalar turar joylarida, shuningdek hudud bo'ylab taqsimlandi va xizmat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Guruh a’zolari belgilangan jadval asosida hafta davomida doimiy ravishda xizmat faoliyatlarini olib boradilar.