Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Yoshlarga e’tibor: Hokim va yoshlar uchrashuvi

10:58, 22.12.2023      


Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor borgan sari yuksalib, kelajagimiz egalarining har tomonlama barkamol bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, turli ilmiy – ma’rifiy tadbirlarning yil davomida o‘tkazilib borishi iqtidorli yoshlar qamrovining tobora kengayishiga olib bormoqda. Mana shunday tadbirlarda faol ishtirok etgan yosh bilimdonlarni rag‘batlantirish maqsadida kuni kecha Farg'ona shahar hokimligi tashabbusi bilan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda yil davomida turli tanlov, musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallagan, jamiyat hayotida faol va o'z tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar shahar hokimligi tomonidan taqdirlandilar.

Quvonarlisi, Farg'ona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti Yoshlar yetakchisi D.Xoshimov ham ana shunday faol yoshlar qatorida shahar hokimi e’tirofiga sazovor bo’ldi.

Yoshlar bizning kelajagimiz yaratuvchilaridir. Ularni har sohada qo‘llab quvvatlash, mehnatlarini taqdirlash, qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini berish kelgusida davlatimiz ravnaqiningyuksalishiga xizmat qiladi.