Qirg'iziston - O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar "Yo'l xaritasi"da belgilangan vazifalar asosida Qirg'iziston Respublikasi Batkent davlat universiteti "Qizil-qiya" gumanitar-pedagogika institutining Pedagogika fakulteti dekani, pedagogika fanlarinomzodi, dotsent Borkoshev Merajidin Mamatkulovich joriy yilning 20-23-dekabr kunlari "Sport o'yinlari" kafedrasida Jismoniy madaniyat yo'nalishi 1-bosqich talabalariga "Gimnastika va uni o'qitish metodikasi" fanidan dars mashg'ulotlarini olib bormoqda.