Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Yangi yil yaxshi yil bo‘lib kelsin:Universitetda bayram tadbirlari

09:15, 23.12.2023      



Yangi yil yaqinlashib kelmoqda. Farg‘ona davlat universitetida yangi yil munosabati bilan turli bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.Jumladan,bir qator fakultetlardagi iqtidorli talabalar yil yakuni bo‘yicha taqdirlandilar, mukofotlarga sazovor bo‘ldilar.

Jismoniy madaniyat fakultetida "Yil sarhisobi" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultet talabalarining 2023-yil davomida erishilgan yutuqlari e'tirof etilib, iqtidorli talabalar rag'batlantirildi. Ularning orasida nomdor davlat stipendiantlari,"Yil talabasi" tanlovi g'oliblari, "Zakovat" intellektual o'yini g'oliblari va sport turlari bo'yicha O'zbekiston, jahon chempionlariqimmatbaho sovg'alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

FarDUning Harbiy ta'lim fakultetida ofitser-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirokida Yangi yil bayram tadbiri o'tkazildi.Tadbirda talaba-yoshlarning turli bayramona chiqishlari namoyish etildi.Shuningdek, yil davomida o'z faoliyati bilan fakultetda na’muna ko'rsatgan ofitser-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar munosib taqdirlandi.

Magistratura bo‘limidahamyangi yil kayfiyatihukmron. “Nilufar” Talabalar teatr studiyasida Magistratura bo`limi tomonidan magistrantlar ishtirokida “Yangi yilga – Yangi umidlar bilan!” mavzusidagi teatrlashtirilgan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 2023-yil davomida bo'limning erishgan yutuqlari e'tirof etilib, iqtidorli talabalar magistratura bo`limi boshlig`iA.G`ofurov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Fizika-texnika fakultetida ham talaba-yoshlar uchun “Yangi yil ayyomi” bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida yil davomida o‘z bilimi va iqtidori bilan yuqori natijalarga erishgan eng faol talabalar munosib taqdirladi.

Matematika-informatika fakultetida talaba-yoshlar uchun Qorbobo va Qorqiz ishtirokida Yangi yil bayram tadbiri o'tkazildi.Tadbirda talaba-yoshlarning turli bayramona chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yil davomida o'z faolligi bilan tengdoshlariga na’muna ko'rsatgan talabalar munosib taqdirlandi.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tomonidan talabalar uchun FarDU Talabalar teatr studiyasida Yangi yil shousi tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlarning turli bayramona chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yil davomida o'z faolligi bilan tengdoshlariga na’muna ko'rsatgan talabalar munosib taqdirlandi.

Chet tillari fakulteti tomonidan yangi davr nemis adabiyotining asoschilari Iohan Volfgang Gyote va Iogann Kristof Fridrix Shiller hayotiga bag'ishlab, sahnalashtirilgan "Mo'jizaviy yangi yil” spektakli FarDUning "Nilufar" talabalar teatr studiyasida namoyish etildi. Chet tillari fakulteti talabalari Yangi yil bayrami arafasida Bolalar muruvvat uyiga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida bolajonlarga talabalar tomonidan tayyorlangan "Yangi yil ertagi" nomli tadbir namoyish etildi. Yakunda Qorbobo va Qorqiz tomonidan sovgʻalar ulashildi. Shuningdek, Chet tillari fakulteti talabalari universitet Axborot-resurs markazida o'tkazilgan "Eng yaxshi kitobxon" ko'rik-tanlovida faol ishtirok etdilar.

Yangi yil yaxshi yil bo‘lib kelishi uchun insonlar bayram oldidan yaxshi tilaklar tilaydilar. Yangi yilni chiroyli kutib olishga harakat qiladilar. Bugungi kunda bayramona kayfiyat, bayram shukuhi oliygohdagi har bir insonning nigohida ask etmoqda.