Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Yil kashfiyoti

09:19, 26.12.2023      


Bugungi kun yoshlarining nafaqat ta’limda balki sport sohasida ham yetakchi o‘rinlarni egallayotgani barchani quvontiradi. Albatta, muvaffaquyatlar ortida mashaqqatlarning borligi haqiqatdir. Imkoniyatlardan oqilona foydalangan FarDU talabalari o‘z qobiliyatlari bilan g‘alabalarga erishishda davom etmoqdalar. Farg'ona davlat universiteti bitiruvchisi -farg‘onalik Ziyodaxon Abdusattorova Toshkentdagi “Renessans Hall” majmuasida bo‘lib o‘tgan “Milliy sport mukofoti-2023” taqdirlash marosimida kamondan otish bo‘yicha 2023-yil O‘zbekiston sportida “Yil kashfiyoti” nominatsiyasi g‘olibi sifatida e’tirof etildi! Ushbu talaba O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo kubogi sohibasi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan edi. Mamlakatimizda yoshlar orasida sportni ommalashtirish, ularni jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar natijasida kelgusida sportchi yoshlarning ko‘plab musobaqalar bo‘yicha g‘alabalarni qo‘lga kiritishlari shubhasiz.

#SDG3 #SDG4