Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Tayanch doktorantlar attestatsiyasi

15:21, 26.12.2023      


Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasida oliy ta’lim tizimidagi ilmiy salohiyat ham sezilarli darajada o‘sib bormoqda. So‘nggi o‘quv yili mobaynida Farg‘ona davlat universitetida yuzdan ziyod himoyalar bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar faoliyatini professor – ustozlar tarafidan doimiy nazorat qilish, yoshlarga har sohada ko‘mak berish, bajarilgan ishlar yuzasidan fikr – mulohazalarini bildirib, tegishli tavsiyalarni berib borish samarali natijani ko‘rsatadi.

Farg‘ona davlat universitetining belgilangan rejasiga muvofiq oliygohda faoliyat olib borayotgan tayanch doktorantlar attestatsiyadan o‘tkazildi.

Bunda ilmiy izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning yillik hisobotlari tinglandi. Ushbu jarayonda tayanch doktorantlar o'zlarining yil davomida bajargan ilmiy va uslubiy ishlari bo‘yicha taqdimotshaklida hisobot berdilar. Attestatsiya yuqori saviyada tashkil etildi. Yillik hisobotlar topshirish Tarix, Tabiiy fanlar, Fizika – texnika fakultetlarida bo‘lib o‘tdi. Hisobot davomida tadqiqotchilarga ilmiy –rahbarlar va professor – o‘qituvchilar tomonidan zarur tavsiyalar berib borildi.