Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Is gazi va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

14:32, 27.12.2023      

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo harorati pasayib, kunlar sovib ketishi boshlanganligi o‘z o‘zidan elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘i turlaridan foydalanishga ehtiyoj ortishi, isitish moslamalaridan foydalanishda e’tiborsizlik, loqaydlik va nosoz, nostandart isitish moslamalaridan foydalanish natijasida, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lishi ehtimoli oshib boradi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizda so‘ngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liqligi barchani birdek tashvishga solmoqda.

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida, gaz va elektr energiyasi hamda ular yordamida ishlaydigan turli xildagi isitish jixozlaridan oqilona va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda foydalanishingizni so‘raymiz.

Is gazi va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

Beparvolik oqibati insonlar hayoti bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi muqarrarligini aslo unutmang!

Farg‘ona davlat universiteti fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i Y. Artikov

Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Profilaktika va nazorat bo‘linmasi inspektori leytenant S.Abbozov