Bugun Farg‘ona davlat universiteti ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar to‘g‘risida;
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan olib borilgan faoliyat hisoboti hamda oliygoh o‘quv va tashkiliy ishlariga doir turli masalalar o‘rin oldi. Ushbu masalalar yuzasidan kengash a’zolarining ma’ruzalari eshitildi va fikr mulohazalar bildirildi. Kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish davomida faoliyatida ilmiy yutuqlarga erishgan bir guruh professor – o‘qituvchilar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.