Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Ma'naviyat va marifat yorug‘ kelajakning asosidir

09:41, 29.12.2023      

Ma’naviyat insonning haqiqiy boyligidir. Dunyo tamaddunida bir xalqning o‘rnini belgilab beradigan asosiy vosita uning o‘ziga xos bo‘lgan ma’naviy va milliy qadriyatlari hisoblanadi. Mamlakatimizda adabiyot, san’at, teatr, kino, hunarmandchilik turlari kabi bir qator sohalarning rivojiga qaratilayotgan e’tibor xalq ma’naviy merosini boyitish, dunyoga olib chiqishda samarali o‘rin tutadi. Prezidentimizning Respublika Ma'naviyat va marifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida davlat rahbari tomonidan ma’naviyatni yuksaltirish borasidagi tashabbuslar ilgari surilgan edi. Farg‘ona davlat universitetida mazkur tashabbuslarni o‘rganish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish maqsadida fakultetlarning ma'naviyat va marifat kengashi yig'ilishlari bo'lib o'tmoqda. Jumladan, Pedagogika va psixologiya, Tarix va Agrar qo‘shma fakultetlarida o‘tkazilgan ma'naviyat va marifat kengashi yig'ilishlarining kun tartibidan joriy yil 22 dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan chora – tadbirlar rejasi, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan olib borilgan faoliyat hisoboti hamda o‘quv va tashkiliy ishlariga doir turli masalalar o‘rin olgan.

Bundan tashqari fakultetlarda yil davomida erishilgan sohadagi yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusi yildagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi. Faol, KPI tizimida eng yuqori natija ko'rsatganprofessor-o'qituvchilar e'tirof etildilar va fakultet rahbariyati tomonidanmunosib taqdirlandilar.