Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Muhimi, birinchi qadamni tashlashdir!

16:00, 03.01.2024      


Islomxon Jahongirov:

“Yigit hayotda shunchaki yashamaydi! ”

Men Jaxongirov Islomxon Faxriddin oʻgʻli - FarDUning Tarix fakulteti 4-bosqich talabasiman.

Shuningdek, universitet Yoshlar akademiyasi lideri hamda fakultet yoshlar yetakchisi, xususan, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hamda “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi sohibiman.

Albatta, bular barchasi oʻz-oʻzidan bo'lgan yohud osmondan tushgan emas!

Har kimning oʻziga yarasha “tarixi” boʻlganidek, kaminaning ham oʻziga xos yo'li va bosib oʻtgan qisqacha tarixi bor.

Men oʻz qishlogʻimdagi 10-sonli maktabning boshlangʻich sinfini tugatgach, qoʻshni tumandagi 1-IDUMI ning 5-sinfiga imtihon asosida qabul qilindim. Bu yerda men oʻz qiziqishim - tarix fanini oʻrganishga astoyidil kirishdim. Koʻp oʻtmay, ushbu IDUMIning faol, bilimli va iqtidorli talabalari qatoridan joy egalladim.

“Suyunchi” filmida Shermat – “Men bu togʻlarlarni orasida nomim chiqmay oʻlib ketishni xohlamayman!”, deb aytganidek, o'zbekning er yigiti sifatida hayotda shunchaki yashashni xohlamayman.

Bizni Vatan ulg'aytirdi, o'stirdi, ta'lim berdi, imkon berdi, eng muhimi, ertangi kunga umid berdi. Endi u bizni kutmoqda.

Demak, Vatan uchun, millat uchun birinchi qadamni tashlash payti keldi.

Men shunday deya, Fargʻona davlat universiteti, Tarix fakuletining tarix yoʻnalishiga hujjat topshirdim va imtihon natijalaridan soʻng, talabalik baxtiga sazovor boʻldim. Shundan soʻng, hayotimda yangi bir sahifa ochildi.

Kamina, milliy istiqlolchilik harakati yoʻlboshchilari – Kichik Ergash va Katta Ergashlar tugʻilgan yer – "Bachqir" qishlogʻidan boʻlganim uchunmi, universitetdagi ilk kunlarimdanoq har qaysi joyda, har qaysi sohada boʻlmasin birinchi, yoʻlboshchi, yetakchi boʻlishga tinmay harakat qildim. Izlanishlarim samarasida tengdoshlarim orasida o'z oʻrnimni topdim, lider yoshlar safidan o'rin oldim.

Bu yoʻlda albatta, oʻziga yarasha qiyinchiliklar, sinovlar boʻldi. Kitoblarni qo'yib, yoshlik gashtini surgim kelgan paytlar ham bo'ldi. Men o'zligimga bergan ahdimni o'zimga qayta va qayta eslatdim. Behuda xayollar ortidan chopmadim, tarix sirlarini yanada chuqurroq bilishga intildim. Do'stim - qat'iyat, ilhomim - shijoat, ustozlarim - chin o'rnak bo'ldi.

Bunda universitetimiz lideri, rektorimiz Bahodirjon Shermuhammadov biz talabalarga o'z faoliyati bilan haqiqiy ibrat ko'rsatdilar. Universitetning o'zgarib borayotgan ulug'vor qiyofasi va yuksalib borayotgan nufuzida shu insonning aniq oliy maqsadi va kelgusi rejalarini ko'rdim, o'rgandim, o'rnak oldim. Ilmni buyuk qudratini shu fidoiy olim harakatlarida his qildim.

Bugun yaxshilar orasida yangiliklar qilishga, o'z sohamda eng yetuk kadr bo'lishga bel bog'laganman va bu yo'lda olg'a davom etaman. Tengdoshlarimni esa yonimga - ma'naviyat va ma'rifat olamiga chorlab qolaman.