Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

San’atshunoslik va Pedagogika fakultetlarida ma’naviy – ma’rifiy seminar

12:11, 06.01.2024      

Prezidentimizning bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirayotgan islohotlari, yoshlarimizga ko‘rsatayotgan gamho‘rligi, yaratilayotgan sharoitlar bir qator mamlakatlardagitengdoshlarining orzusi deyish mumkin. Bizning yoshlarimiz, farzandlarimiz eng baxtli insonlar safidadir. Bugun o‘lkamizda olib borilayotgan barcha o‘zgarishlar, qilinayotgan ishlar ular uchun, ertangi kunimizning yanada farovon bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Yoshlarimiz dunyo tamaddunida qadim Sharq xalqlarining bebaho ma’naviy – madaniy merosiga voris bo‘lishlari, xalqaro andozalarga mos keladigan, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy jihatdan dunyo talablariga to‘la javob beradigan komil insonlar bo‘lib yetishishlari uchun bugun keng imkoniyat eshiklari ochib berildi.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yurtboshimiz tomonidan ta’kidlab o‘tilgan tashabbuslardanmadaniyat markazlari faoliyatini rivojlantirish, kino va teatr sohasini rivojlantirish, milliy seriallar bo‘yicha mavjud tizimni tubdan isloh etish, buyuk va shonli tariximizni ko‘rsatib beradigan filmlar ishlash, eng yaxshi p’essalar uchun mukofotlar ta’sis etish, soha xodimlari malakasini oshirish uchun chet ellarga yuborish, maqom va baxshichilik san’atini ilmiy asosda o‘rganish bildirilgan takliflar bugungi davr uchun g‘oyat dolzarbdir.

Xususan, bugun Farg‘ona davlat universitetining San’atshunoslik va Pedagogika fakultetlarida bo‘lib o‘tgan yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha navbatdagi sеminarda yurtboshimiz tashabbuslari bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar xususida muloqot olib borildi. Shuningdek, fakultetlar yil sarhisobi bo‘yicha mas’ul shaxslarning hisobotlaritinglandi.