Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi izlanuvchilari - doktorantlar faoliyati samaradorligini o'rganish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu ushrashuvda ilmiy-tadqiqot faoliyati sifati va samaradorligini kuchaytirish, dissertatsiyalar ko’lami, yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish va monografiyalar sonini ko‘paytirish, iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish kabi dolzarb masalalar kun tartibida bo‘ldi.
Shuningdek, ishtirokchilar muloqot davomida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichida amalga oshirilayotgan oʼzgarishlar, qonunchilik yangiliklari, tizimda yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, imkoniyatlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar oldilar.
Bunda universitet rahbari doktorantlar muammolari bilan qiziqib, taklif va fikrlarini tinglar ekan, ilmiy salohiyatni roʼyobga chiqarish borasida oʼz tavsiyalarini berib bordi.
Uchrashuv yakunida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish borasida zarur vazifalar, kelgusi rejalar belgilab olindi.