Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun”

13:57, 10.01.2024      


Ayni kunlarda davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatida ham mazkur tadbirlarni tashkil etish keng yo‘lga qo‘yildi. Bunday tadbirlarda taniqli ijodkorlar, FarDU professor-o‘qituvchilari – Siddiq Moʻmin hamda Qahhorjon Yoʻlchiyev faol ishtirok etmoqdalar.

Mahalla aholisi va keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda yozuvchi va shoirlarning chiqishlari tadbirga alohida mazmun bagʻishlamoqda.

Targ‘ibot tadbirlari Marg‘ilon shahrida ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar yurtboshimizning madaniy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mahallalarda madaniyat va ma’rifat ruhini kengroq targ‘ib etish maqsadida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish uchun aniq vazifa va maqsadlari haqidagi tushunchalarga ega bo‘ldilar.