O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlash, tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” F-79-sonli farmoyishini irosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat universitetida bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Iqtisodiyot fakultetida 14-yanvar - "Vatan himoyachilar kuni"ga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda Temurbeklar maktabi kursantlari va Sharqiy harbiy okrug orkestr jamoasi ishtirok etdi.
Filologiya fakultetida ushbu kun munosabati bilan “Dada, Sizga xat yozdim” loyihasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda talabalar tomonidan o‘z otalarini bayram bilan tabriklab maktublar yozilib, ularga dil izhorlarini bayon etmoqdalar. Maktublarning telefon orqali o‘qib berilishi esa ota-onalar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lmoqda. Fakultetda 1- bosqich talabalarining Sharqiy Harbiy Okrug guruh komandiri, leytenant Javlonbek Yo'ldashev bilan muloqoti ham o‘tkazildi. Muloqot davomida Vatanni asrab-avaylash, uning himoyasi muqaddas burch ekanligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga fakultet talabalari o‘rtasida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha fakultet birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 30dan ortiq ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashdilar. Musobaqa g‘oliblari bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirda rag‘batlantirilishi belgilandi.
Harbiy ta’lim fakulteti tomonidan FarDUda "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazilmoqda! Talabalar darsdan boʻsh vaqtlarda Harbiy taʻlim fakultetida yaratilgan sharoitlar, Harbiy texnika qurollari, Harbiy toʻgaraklar va mashgʻulotlar jarayoni bilan tanishish imkoniga ega boʻlishadi. Harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishgan talabalar, mavjud qurol aslahalar, harbiy texnik vositalarni ko'zdan kechirgan holda yurt posbonlari bilan suhbat uyushtirdilar. Shu bilan birga fakultetidagi ofitser-o‘qituvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazildi.
10-sonli Talabalar turar joyida Fargʻona shahar Havo desant qoʻshinlari harbiy qismi ofitserlari O.Xolxoʻjayev, I.Sotimboev, J.Xamidovlar tashrif buyurib, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur uchrashuvga Matematika -_informatika_fakulteti talabalari jalb qilindi. Talabalarga harbiy vatanparvarlik tuygʻusini oshirish maqsadida kinofilm namoyish etildi.
Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlar jamoasi va bir guruh talabalar harbiy qismga sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida talabalarga qurol-aslahalar, ularning ishlatilishi haqida to'liq ma'lumot berildi. Shuningdek, fakultet jamoasi va DXX chegara qo'shinlari vakillari hamkorligida talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg'ularini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Fizika-texnika fakulteti talabalari “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida Fargʻona shahar Havo desant qoʻshinlari harbiy qismida boʼldilar. Shuningdek, "Shodiyona" mahallasida yashovchi zahiradagi Qurolli kuchlar harbiy xizmatchisi- Abbos Tillaxo‘jayev holidan xabar oldilar. A.Tillaxo‘jayev talabalarga urush xotiralari haqida so‘zlab, bugungi tinch va farovon hayotda shukronalik hissi bilan yashash zarurligini uqtirdi.
Oliygohda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.