Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xalqaro hamkorlik

14:40, 12.01.2024      

Yangi yilning dastlabki kunlaridan universitetimizga xorijiy OTMlarning rasmiy delegatsiyalari tashriflari boshlandi.

Jumladan, XXRning Sian chet tillari universitetining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakillari janob Yang Lei va Zhu Cuimei xonimlar 8 – 9-yanvar kunlari universitetimizda bo‘lib, FarDU va SChTU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokalarda ishtirok etishdi.

Hamkorlik aloqalarini asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish, FarDU kafedralarining salohiyati va ichki imkoniyatlari bilan tanishish maqsadida delegatsiya a’zolari universitet kampuslari bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokalar jarayonida, FarDUda xitoy tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, SChTUda esa o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.