O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlash, tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” F-79-sonli farmoyishini irosini ta’minlash maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. Chet tillari fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida ham "Yangi O'zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramda fakultet professor-o'qituvchilari, hodimlar, talaba-yoshlar, shuningdek, O'zbekiston qahramonlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida uzoq yillar xizmat qilgan va hozirda iste'fodagi harbiylar, Harbiy ta'lim hamda San'atshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdilar,shuningdek,"Vatan, ardog‘imdasan! " shiori ostida musiqiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida o‘tkazilgan qo'shiqlar, rasmlar, videoroliklar tanlovi va boshqa nominatsiyalarning 45 nafar g‘oliblari faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Filologiya fakultetida ham “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan sport musobaqalari davom etmoqda.“Quvnoq bellashuv” deb nomlangan bu galgi sport musobaqasida talabalardan iborat 5 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Epchillik va chaqqonlik namoyishi hisoblangan mazkur bellashuvlar orqali talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kamol toptirishga erishilmoqda. G‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.
Harbiy ta'lim fakultetining talabalari o‘rtasida bosqichlararo "Harbiy vatanparvarlik qo‘shiqlari" ko‘rik - tanlovi o‘tkazildi. Tadbir tomoshabinlari harbiylar tomonidan tayyorlangan ajoyib chiqishlar, talabalar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar, raqs hamda harbiylar hayotidan olingan sahna ko‘rinishlaridan bahramand bo‘ldilar.
Ingliz tili va adabiyoti fakultetining 1-bosqich talabalari tomonidan "Vatan himoyachilari kuni "munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.Oliygoh bo‘ylab bayram shukuhi davom etmoqda.