Vatan himoyasi muqaddas burchdir. Har bir yigit o‘z Vatani tinchligi, farovonligiuchun mas’uldir. Mamlakatimiz qurolli kuchlari safida xizmat qilayotgan mard askarlarimiz xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida tinim bilmay mehnat qilmoqdalar.Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” Respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda.Farg‘ona davlat universitetida ham kuni kecha bayram munosabati bilan tantanali tadbir oʼtkazildi.
Tadbir avvalida ulug'vorlik bilan yangragan madhiya sadolari ziyo ahli hamda talaba-yoshlar qalbini furur va faxrga to'ldirdi.
Tadbirda tabrik uchun so'z olgan FarDU rektori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov o'z nutqida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatning mudofaa qudrati, yurt himoyasi, elimiz tinchligi yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida alohida to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, mazkur bayram sanasi munosabati bilan Harbiy ta'lim fakultetining bir guruh ofitser-o'qituvchilariga Mudofaa Vazirligi hamda universitet rektorining tabrik sovg'alari topshirildi.
Tadbir davomida namoyish etilgan harbiy vatanparvarlik ruhidagi videorolik -yigʼilganlar qalbida tinchlik neʼmatiga shukronalik, Vatanga sadoqat hissini yanada joʼsh urishiga xizmat qildi.
Sanʻatshunoslik fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy-kompozitsion dastur bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu
Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...
YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...