Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, aholini jismonan sog‘lomlashtirish yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, viloyatimizda o'tgan haftada bo'lib o'tgan vatanparvarlik tadbirlari doirasida viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig'i sovrini uchun o'tkazilgan sportning bilyard turi boyicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi va g'oliblar taqdirlandi.
Quvonarlisi, 50 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashgan musobaqada g'olib va sovrindor yoshlar orasida Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Sanjar Uraimovning borligi barchamizni quvontirdi. S.Uraimov yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash kerakki, Farg‘ona davlar universitetida ham sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam musobaqa va ko‘rik – tanlovlar tashkil etiladi. Kuni kecha Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan futbolning "Mini futbol" turi bo'yicha fakultet chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu qizg'in kechgan o'yinda oliygoh talabalari faol qatnashdilar, musobaqa so‘nggida fakultetning 4- bosqich talabalaridan tashkil topgan "Friendship" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Bu kabi sport tadbirlarining o‘tkazib borilishi yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda samarali natijalarni beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu
Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...
YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...