Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Yosh avlodga e’tibor – kelajakka e’tibor

23:22, 18.01.2024      



Bugungi kunda davlatimiz tomonidan talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlar, yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor davlat siyosati darajasida ekanligi barchani quvontirmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ham talabalarning yashash sharoitlari, sog‘lom turmush tarzi, har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Fakultetlar rahbarlari tomonidan talabalar yashash sharoitlari doimiy o‘rganilib kelinmoqda. Jumladan, 17 - yanvar kuni Iqtisodiyot fakulteti dekani G. Xonkeldiyeva boshchiligidagi ayol professor-o'qituvchilar 7- sonli Talabalar turar joyidagi talabalari bilan uchrashib, ular holidan xabar oldilar. Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, oshxona, yuvinish xonasi, kir yuvish mashinalaridan foydalanish, texnika xavfsizligi, bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish, kitobxonlikka e’tibor masalalari bo'yicha tushuntish ishlari olib bordilar. Oilasidan uzoqda ta’lim olayotgan yoshlarning ahvolidan xabar olish, muammolarini bartaraf etish, berilayotgan e’tiboroliygohning bir oila ekanini ular ongiga singdiradi, muqaddas dargohda ta’lim olayotganidan shukronalik hissini uyg‘otadi.


Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...