Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU vakillari maktablarda

11:58, 19.01.2024      

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi. Universitet tomonidan ushbu maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning negizida maktablarda asosiy e’tibor bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari haqida tushunchalar berish, ilm olishga rag‘batlantirish, qobiliyatiga ko‘ra kasbga o‘rgatish, ikkinchi tomondan, quyi sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab kasb-hunar hamda oliy ta’limga yo‘naltirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratiladi. O‘quvchilardagi iste’dodlar o‘z vaqtida kashf etilsa, to‘g‘ri yo‘naltirilsa, rag‘batlantirilsa, mahorati oshirilsa, chuqur bilimga ega bo‘lsa, kelajakda o‘z yo‘lini topishda adashmaydi, qiyinchilik va muammolarga duch kelmaydi."O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta tashabbus yuzasidan ishlab chiqilgan dastur" ijrosini ta’minlash maqsadidaFarg‘ona davlat universiteti xodimlari va Farg‘ona shahar 33-sonli o‘rta maktabida bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona davlat universitetining Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi A.R.Saydullayeva so‘zga chiqib, “Kitob mutolaasi yoshlarni ilm-fanga jalb qiluvchi omildir” yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi va kitob mutoaasining yoshlarga tarbiyasidagi ahamiyati, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun maktabda bilim olish bilan birga yuksak saviyadagi badiiy adabiyotlarni o‘qib borishlari kerakligi haqidatavsiyalar berib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javoblar oldilar.
Tadbir yakunida barcha o‘quvchilarni Farg‘ona davlat universitetida tashkillangan “Ochiq eshiklar” kuniga taklif qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...