Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xitoy-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda

10:46, 22.01.2024      

Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi dunyoda ilm-fan va texnologiyalar borasida yetakchi mavqeni egallamoqda. Shu bois mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari tomonidan Xitoy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida ta’lim tizimida birinchi Xitoy-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirokida xitoy tili va adabiyoti, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot va boshqa turli oliy va professional ta’lim, ilm-fan va innovasiya sohalaridagi mavzularni qamrab olindi.Forum oldidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov va XitoyXalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze ikki tomonlama muzokara o‘tkazdilar. Forumning rasmiy ochilish marosimi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o'rinbosari Komiljon Hamidovich Karimov tabrik so'zi bilan nutq so'zladi.

Tadbirda ikki tomondan oliy ta’lim hamda ilm-fan sohalari uchun mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillari, yuzdan ortiq ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqdalar. Xususan,mazkurO‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida Farg'ona davlat universiteti rektoriBahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiyamiz a'zolari ham ishtirok etmoqda. Xitoylik mashhur arxeolog olim Vang janoblarigaBahodirjon Shermuhammadov tomonidan Farg‘ona davlat universiteti "faxriy professori" unvoni tantanali ravishda topshirildi. 30 dan ortiq Oʻzbekiston va 70 ga yaqin Xitoy universitetlari rahbarlari ishtirokidagi Birinch Oʻzbek - Xitoy ta'lim forumida Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalarini imzolashi kutilmoqda. Yig'ilishda FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov ma'ruza qilmoqda.

Forum davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional ta’limni rivojlantirish, ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish masalalari muhokama qilinishi belgilangan.




Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...