Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU Xitoy universitetlari bilan ilm-fan hamda ta'lim sohasida shartnomalar tuzmoqda

16:15, 22.01.2024      


Ayni damda Pekinda bo‘lib o‘tayotgan forumda O‘zbekiston va Xitoy universitetlari hamkorligi to‘g‘risidagi Pekin deklaratsiyasi imzolandi.

Deklaratsiya e’lon qilinganidan so‘ng, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlarni imzoladilar. Jumladan, Farg‘ona davlat universiteti va Xitoyning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida manfaatli shartnomalar imzolandi. Masalan, Xitoy Shimoli-g‘arbiy universiteti va FarDU o‘rtasida ilm-fan hamda ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va FarDU tuzilmasidaO‘zbek - Xitoyqo‘shma Arxeologiya kafedrasini tashkil etishga oid shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomaga asosan, Arxeologiya, muzeyshunoslik va tarixiy obidalarni saqlash ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra tashkil etilib, 10 nafarga yaqin xitoylik yetakchi olimlar ta'lim va ilmiy jarayonlarga jalb etiladi. Beshnafar FarDU o‘qituvchilari 2024-yilda stajirovka va malaka oshirish kurslariga, 20 nafar talaba akademik almashinuv doirasida Sianga yuboriladi. Shimoli-g‘arbiy universitet investitsiyalari asosida Farg‘ona vodiysida qo‘shma ilmiy loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti va Sian chet tillari universiteti o‘rtasida Xorijiy tillarni o‘qitish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomaga erishildi. Unga muvofiq FarDUda Xitoy tilini o‘qitish, SChTUda esa o‘zbek tilini o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2024-yilda FarDUning 15 nafar o'qituvchilari va 20 nafar talabalari SChTUga, shunga mos ravishda SChTU o‘qituvchi va talabalari FarDUga yuboriladi.

Farg‘ona davlat universiteti va Changshu texnologogiyalar instituti o‘rtasida ilmiy laboratoriya hamda o‘quv-ilmiy poligonlarni transformatsiya qilish to‘g‘risida shartnoma imzolashga erishildi. Buning natijasida Bosqichma-bosqich FarDUda zamonaviy kimyo, biotexnologiyalar, fizika laboratoriyalari tashkil etilib, Agrar fakultetning tajriba maydonlari takomillashtiriladi. O'qituvchilar va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Farg‘ona davlat universiteti va Heilongjiang universiteti o‘rtasidagi Rus va Xitoy tillari bo‘yicha qo‘shma ta'lim yo'nalishlarini joriy qilish hamda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shartnomaga binoan, 2024-2025-o‘quv yilidan rus tili qo‘shma ta'lim dasturi joriy etiladi. Xorijiy tillar va arxeologiya ta'lim yo'nalishlariga ikkinchi til sifatida Xitoy tili joriy etiladi. Heilongjiang universitetida o‘zbek tili va milliy adabiyoti markazi ochiladi. Malaka oshirish, ilmiy stajirovka va akademik almashinuv yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu Shartnomalar har ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari uchun manfaatli bo‘lishi bilan muhim ahamiyatga egadir.



Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...