Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU hamda Tyanzin universitetlari o‘rtasida shartnoma imzolandi

13:17, 24.01.2024      

Ma'lumki, ayni kunlarda FarDU rektori boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston - Xitoy Birinchi ta'lim forumida ishtirok etmoqda. Forumning 2-kunida Farg‘ona davlat universiteti va Tyanzin chet tillari universiteti o‘rtasidagi akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yili yakuniga qadar TChTUning 25 nafar talabasi nemis tili, 15 nafar talabasi fransuz tili, 30 ta talabasi ingliz tili yo'nalishlariga akademik almashinuv uchun keladi. Shunga mos ravishda 2024-2025-o‘quv yilining 1-semestrida FarDU talabalari TChTUga yuboriladi. Konfutsiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, forumning 2-kunida Farg‘ona davlat universiteti va Tyanzin pedagogika universiteti o‘rtasida fanlararo integratsion ta'lim metodikasini takomillashtirish hamda qo‘shma pedagogik loyihalarni joriy qilish to‘grisida shartnomaga erishildi. Shartnomaga asosan, Fanlar integratsiyasiga asoslangan ta'lim berish uslublari amaliyotga joriy etiladi. 2024-2025-o‘quv yilida 10 nafar FarDU o'qituvchilari TPUda malaka oshirishadi, shunga mos ravishda 5 nafar TPUni o'qituvchilari FarDUga keladi ya’ni talabalar almashinuvi yo'lga qo'yiladi.

Bundan tashqari TPU investitsiyalari asosida Maktabgacha ta'lim, Boshlang'ich ta'lim va pedagogika sohalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy hamda o‘quv loyihalar joriy etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...