FarDU delegatsiyasi Pekin safarining uchinchi kunida Xitoy Fanlar akademiyasi hamda Loyan arxeologik tadqiqotlar instituti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmoqda. Tashrifning birinchi manzili Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontologiya va paleoantropologiya instituti bo'ldi. Hozirgi kunda mazkur ilmiy tadqiqot muassasi bilan FarDU faol hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Jumladan, 2024-yilning mart oyidanikki muassasa olimlari hamkorligida umumiy qiymati 4 milliardlik loyiha yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha doirasida Farg‘ona vodiysining qadimgi iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi zamonaviy texnologiyalar asosida tadqiq etiladi. Bundan tashqari, paleobotanika va paleozoologiya, geologiya sohalarida ilmiy almashinuvlar yo‘lga qo‘yiladi.
Muzokalar jarayonida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Paleontologiya va Paleoantropologiya Instituti laboratoriyalarida FarDU tadqiqotchilarini bepul izlanishlar olib borishiga kelishildi.
Yana bir quvonchli voqea Ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko'tarishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadovga Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontologiya va paleoantropologiya instituti "Bosh ilmiy xodimi" unvoni topshirilishi bo‘ldi.
Forumning bugungi yangiliklari jarayonida Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontologiya va paleoantropologiya instituti direktori Deng Tao janoblariga hamda instituti bosh ilmiy xodimi -mashhur olim Li Xiaoqiangga Farg‘ona davlat universitetining "Faxriy professor" unvoni topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu
Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...
YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...