Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehrdir

21:47, 27.01.2024      


Kitob ma’naviyat ko‘zgusidir. Xalqning ma’naviy ongini yuksaltirishda adabiyotning, badiiy asarning ahamiyati juda katta. Kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida yurtimizda mutolaaga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Farg‘ona davlat universitetida bu borada ko‘plab targ‘ibot – tashviqot ishlari olib borilmoqda.Talabalarning kitobga oshno bo‘lishlari ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodni yuksak axloqli, teran fikr – mulohazali bo‘lib kamol topishlari uchun zamin yaratadi. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va universitet Axborot-resurs markaziga kelgan yangi adabiyotlarni, shuningdek, "JADID" gazetasini targ‘ib qilish maqsadida “Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehrdir” shiori ostidagi kitobxonlik tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Jumladan, universitetning 4 va 8-sonli Talabalar turar joyida jadid namoyondalari adabiyotlari, o‘zbek va jahon adabiyotining durdonalari, yangi olingan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalar targ’iboti o’tkazildi. Kitob tanlash va o’qish bo’yicha talaba-yoshlarga tavsiyalar berildi. Shuningdek, Harbiy ta’lim fakultetda talaba-yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida "Jadidchilik namoyondalari hayoti va ijodi"ga bag’ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda axborot-resurs markazi xodimlari boshchiligida ma’rifatparvar jadid namoyondalari adabiyotlarini hamda "JADID" gazetasini targ‘ib qilish maqsadida kitobxonlik tanlovi ham tashkil etildi.Ushbu tadbirda fakultetning 150 nafar talabalari faol qatnashdilar.Tadbir yakunida ushbu tadbirda faol qatnashgan talabalarga fakultet boshlig‘i va axborot resurs markazi xodimlari tomonidan sovg‘alar topshirildi. Oliygohning kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan zarbdor o‘n kunlik doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda davom etmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...