O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 22 dekabrdagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida "Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanashi kerak" mavzuidagi nutqida 9 ta ustuvor yo‘nalish belgilab berilgan. Xususan, teatr san’atiga alohida e’tibor qaratilib, barcha korxona va muassasalarda oyning bir kunini "Teatr kuni" deb e’lon qilib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Shu ma’noda, Farg‘ona davlat universitetida ham bu borada maxsus reja ishlab chiqilib, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi viloyat musiqali drama teatri bilan 2024 yil uchun kelishuv imzolandi. Bugun ushbu teatrda Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun 2024 yilning ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori B.Shermuhammadov ochib, Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda teatrning inson hayotidagi o‘rni va roliga alohida e’tibor qaratdi. FarDUning 1440 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun birinchi bosqichda 4 kun davomida mazkur teatrda bepul spektakllar namoyish etilishi ta’kidlandi. Teatr jamoasi tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Ufq" romani asosida sahnalashtirilgan spektakl professor-o‘qituvchi va xodimlarda katta taassurot uyg‘otdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu
Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...
YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...