Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

"Harbiy ta'lim fakultеti faoliyati yangi bosqichda”

20:50, 29.01.2024      

Bugun Harbiy ta'lim fakultetida press-tur bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda viloyat hududida faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, jurnalistlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Dastlab fakultet faoliyati bilan tanishuv jarayoni o’tkazildi. Bunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy-taktik amaliyot, o'quv xonalari ishtirokchilar e’tiborida bo’ldi. O’zaro muloqotlar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga fakultet rahbari – podpolkovnik Alisher Rahimov batafsil javoblar berib bordi.

Fotoelektronika o'quv-simmuliyator xonasi, harbiy qo’shinlarni kundalik faoliyatini boshqarish xonasi ham ishtirokchilar nigohida bo'ldi.

Shuningdek, ular o'qotar qurollardan foydalanishni o'rganish, qurolni yig'ish va sochish, nishonga olish kabi muhim amaliyotlar xonasida bo'lib, tir mashg'ulotlarida ham qatnashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...