Kengash avvalida oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy yutuqlarga erishgan professor-o'qituvchilarnimunosib taqdirladi. Shuningdek, o'tgan haftada Pekin shahrida bo'lib o'tgan xalqaro "Xitoy-O'zbekiston 100 ta OTM forumi"da FarDU delegatsiyasi qo'lga kiritgan natijalar yuksak baholanib, oliygoh rektori jamoa tomonidan muborakbod etildi. Xususan, tashrif doirasida FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadovga:
-Loyang arxeologik tadqiqotlar instituti "Bosh ilmiy xodimi" unvoni;
- Xitoy Fanlar akademiyasining Paleontologiya va paleoantropologiya instituti "Bosh ilmiy xodimi" unvoni;
- Shimoli-g‘arbiy universitetning "Haqiqiy professor" ligi unvonlari topshirilgan.
Kengash kun tartibidan Universitet kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish, yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi,
O‘zbekiston – Xitoy birinchi ta’lim forumi natijalari, 2023-yildagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari, 2024-yil uchun biznes rejasi, daromadlar va harajatlar parametrlari, boshqaruv va ta’lim-tarbiya jarayonlarini raqamlashtirish hamda avtomatlashtirilgan tizimlarning amaliyotga joriy etilishi borasidagi faoliyat tahlili, Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda turli tashkiliy masalalar o‘rin egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu
Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...
YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...