Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUda xushxabar: talabalar muvaffaqiyati oliygoh ravnaqidir

10:43, 31.01.2024      


Farg‘ona davlat universitetida iqtidorli talabalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yoshlardagi qobilyatlarni yanada o‘stirish, rivojlantirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning turli tanlovlardagi ishtirok etib muvafaqiyatlarga erishishlarida pillapoya vazifasini bajaradi. Jumladan, oliygohning bir qator talabalari turli tanlovlar g‘olibi bo‘layotgani barchani quvontiradi. Xususan, Sirtqi ta'lim bo'limining ijtimoiy gumanitar fanlar kafеdrasi, musiqa ta'limi yo'nalishi, 5-bosqich 19.13-guruh talabasi Eldorbеk Maxsudov-o'zbеk xalqi milliy madaniyatini targ'ib etuvchi "YANGI O'ZBЕKISTON YULDUZLARI" tanlovi madaniyat va san'at milliy yo'nalishida "YILNING ENG YAXSHI AN'ANAVIY ERKAK XONANDASI" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.

Shuningdek, San'atshunoslik fakultetining Musiqa ta'limi yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi Burxonova Madinaxon O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm Vazirligi hamda "Одарённые дети" xalqaro innovatsion birlashmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Зимняя сказка" xalqaro tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Bunday yutuqlar talabarni rag‘batlantirib ularga yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi.


Ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram https://t.me/shermuhammadovfardu

Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=1000700350...

YouTube https://www.youtube.com/@fargonadavlatuniversiteti...