Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xalqaro qishki maktabda FarDU professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqdalar

16:00, 31.01.2024      

2024-yil 22-31-yanvar kunlari xalqaro QS reyting tizimida 443-o‘rinda turuvchi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti tomonidan “Современные тенденции образования естественно-научных дисциплин” mavzusida xalqaro qishki maktab mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu mashg‘ulotlarda Farg‚ona davlat universiteti fizika-texnika fakultetining bir qator professor-o‘qituvchilari masofaviy (onlayn) shaklda ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etilgan va ular belgilangan jadval asosida ishtirok etmoqdalar. Ular:

Rasulov Rustam Yavkachovich – fizika kafedrasi professori;

Rasulov Voxob Rustamovich – fizika kafedrasi dotsenti, (PhD)

Axmedov Baxodir Baxramovich – ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig’i, (PhD)

Mo'minov Islomjon Arabboyevich – fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, (PhD);

Mamatova Mahliyo Adhamovna – fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, (PhD).

Ushbu professor-o‘qituvchilarning ko‘rsatib o‘tilgan xalqaro qishki maktab mashg‘ulotlarida qatnashib kelmoqdalar. Mazkur qishki maktab o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish orqali oliygohdagi ilmiy salohiyatning xalqaro reytinglarda yuksalishiga hissa qo’shmoqdalar.