Oliy ta’lim dargohida tartib – intizom, ichki tartib – qoidalarga amal qilish, o‘zaro hurmat e’tiborta’lim sifatini yaxshilanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan Farg'ona davlat universitetida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar va ishchi xodimalar uchun ijro intizomi, ichki tartib masalalariga bag'ishlangan muloqot tashkil etildi.
Muloqotda ishtirok etayotgan universitetning Jamoatchilik Kengashi raisi A.Sharofiddinov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Z.Rahimov, Xotin-qizlar maslahat Kengashi rahbari Z.Sobirova, bosh yuristkonsultant A.So'fiyevlar tomonidan sog'lom ma'naviy muhit barqarorligi, jamoatchilik va yoshlar bilan ishlashda muomala odobi, tartib-intizom, o'zaro hurmat, kiyinish madaniyati kabi muhim mavzularda so'z bordi.
Talaba-qizlarga har jihatdan o'rnak ko'rsatish, shaxsiy namuna ko'rsatgan holda ta'lim-tarbiya ishiga munosib hissa qo'shish va oliy ta'lim muassasasi odob-axloq mezonlariga rioya qilish eng muhim vazifamizdir.