Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish masalalari

16:26, 01.02.2024      

Ilm maskani insonning ma’naviy va axloqiy jihatdan ham tarbiya topishi, haqiqiy ziyoli shaxslarni kamolga yetkazuvchi muqaddas dargoh hisoblanadi.

Farg‘ona davlat universitetining Gender tengligi tadqiqotlari markazida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish masalalari" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda fakultet dekanlari, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, profilaktika inspektorlari, Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminarda 2024-yilda universitetda "Jinoyatchilikdan holi hudud" sifatida amalga oshiriladigan ishlar, profilaktik test natijalari tahlil qilinib, navbatdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.