Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUga hindistonlik talabalar tashrifi

12:23, 02.02.2024      


O‘zbek va hind xalqlarining do‘stligi uzoq moziyga borib taqaladi. Tarix zarvaraqlarining har bir sahifasida bu do‘stlik, o‘zaro hamkorlikning yorqin namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, madaniyat, adabiyot va san’at sohasida ijodiy aloqalar chegara bilmaydi.Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, tashqi siyosat yo‘nalishida aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha strategikhamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Ana shunday hamkorlikning namunasi sifatida Farg‘ona davlat universitetida 2022 yilda "Hindiston o‘quv xonasi" ochilgan edi. Bugun ushbu markazga Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 30 nafar hindistonlik talabalar tashrif buyurdi. Shuningdek, universitet hayoti bilan yaqindan tanishib, universitet tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari" muzeyi va "Hindiston markazi"ga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Markaz tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar, tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tadbir so‘nggida mehmonlarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.