O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o'tkazilgan “Bir belbog‘ – bir yo‘l”ni qurish, insoniyatning yagona
taqdiri hamjamiyatini barpo etish: O‘zbekistondan
nazar” mavzudagi publitsistik tahliliy maqolalar tanlovi g'oliblari bugun e'lon qilindi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Toshkent shahrida joylashgan "Adiblar hiyoboni" katta zalida bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, ushbu marosimda tanlov g'olibi - FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Xitoy elchisi tomonidan munosib taqdirlandi.
Ma'lumot uchun aytish kerakki, universitet rahbari bu tanlovda "Bir makon, bir yo'l - inklyuziv va ochiq platforma bilan yuksak taraqqiyot sari" sarlavhali maqolasi bilan ishtirok etgan.